menu
Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi.
Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

22 fevral kuni xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida ichimlik va oqava suv xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov «Namangan suv ta’minoti» kompaniyasida bo‘lgan. Soha mutaxassislari viloyat rahbariga aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvga 4000 so‘m narx belgilashni taklif etgan.

Hokim bu summani kamaytirish uchun topshiriq berib, uning manbalarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, eng avvalo, tizimdagi «rejalashtirilgan yo‘qotish» ko‘rsatkichlarini kamaytirish lozimligini ta’kidlagan.

Shunday qilib, viloyatda ichimlik suvi uchun yangi tariflar deputatlar qarori bilan (kub metri uchun) quyidagicha etib belgilandi:

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

Yangi tariflar qachondan boshlab kuchga kirishi noma’lum.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!