Yangiliklar
Birja orqali xarid qilingan mis xomashyosi to‘lovini bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.
Prezident tomonidan “Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi.
«O‘zgidromet» 26-28 fevral kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
OAV: Navalniy koloniyasida mahbus qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan.
Aleksey Navalniy vafot etgan IK-3 xodimlari avvalroq yana bir mahbusni qiynoqqa solib, uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish holati sifatida ko‘rsatgan, deb yozadi «Xolod» manbalarga tayanib.
“Boqiy Buxoro” etnografik parki 450 mln dollarga quriladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, loyihani Singapur kompaniyasi amalga oshiradi. Katta ehtimol bilan, bu kompaniya – Enter Engineering. Turistik majmua 2024-2026 yillarda qurilishi, 2024 yilning 1-choragida 14,9 mln dollarlik investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilga...
Davlat ishtirokidagi korxonalar “sot yoki tushuntir” tamoyili asosida kamaytiriladi.
2024 yil noyabr oyiga qadar davlat egalik qiladigan 29 mingta korxona faoliyati tahlil qilinib, ular istiqbolini belgilash bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bu “sot yoki tushuntir” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Vengriya Shvetsiyadan yangi qiruvchi samolyotlar sotib oladi.
Shvetsiya bosh vazirining Budapeshtga tashrifi chog‘ida Shvetsiya va Vengriya o‘rtasida keng ko‘lamli qurol-yarog‘ savdosi haqida ma’lum qilindi. Ulf Kristersson FIDeS partiyasining Shvetsiya NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilish shartini bajardi.
Navalniyning onasiga o‘g‘li dafn marosimi bo‘yicha ultimatum qo‘yildi.
Tergovchi Navalniyning onasiga yo 3 soatdan keyin u xayrlashish marosimisiz yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lishini yoki o‘g‘li koloniyaga dafn etilishini aytgan.
Oliy rada muddatli harbiy xizmatchilar demobilizatsiyasi to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Umuman olganda, rada tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida safarbarlik vaqtida muddatli harbiy xizmatchilar zaxiraga o‘tkazilgandan keyin 12 oy davomida harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilab qo‘yilgan.
AQShda daromadga nisbatan ovqatlanish xarajatlarining ulushi 30 yil ichidagi eng yuqori nuqtaga yetdi.
Amerikaliklar topayotgan daromadining o‘rtacha 11 foizdan ortig‘ini oziq-ovqatga sarflyapti. WSJ'ga ko‘ra, bu ko‘rsatkich oziq-ovqat inflatsiyasi sababli 30 yil avvalgi darajagacha ko‘tarilgan. Ma’lumot uchun, Picodi tahlilchilariga ko‘ra, o‘rtacha o‘zbek...
Ispaniyada ko‘p qavatli uyda dahshatli yong‘in ro‘y berdi: qurbonlar bor (video).
Yong‘in bu qadar tez va oson tarqalishiga bino fasadi penoplastli material bilan qoplangani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Rabotine atrofidagi pozitsiyalar va raketa tashuvchida uchgan Putin. Urush suratlari.
Ukrainadagi urushning 729-kuni o‘tdi.
Yanvarda sezilgan va rasmiy inflatsiya o‘rtasidagi farq qariyb 5 foizni tashkil etdi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda sezilgan inflatsiya darajasi sezilarli oshib, 13,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflatsiyadan 4,9 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati benzin va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.
VEON GSMA Open Gateway tizimi asosidagi innovatsion texnologiyani ishga tushirmoqda.
VEON AdTech ishlanmalari tijoriy optimallashtirish, moliyaviy xavfsizlik hamda tabiiy ofatlar haqida ogohlantirish tezligi va aniqligini ta’minlovchi xizmatlarni yaratishga qaratilgan.
OAVning ro‘yxatga olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqarmoqda.
Prezident tomonidan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi...
“Bu bolaning konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqiga tahdid soladi” – Bolalar ombudsmani Navoiydagi holatni o‘rganmoqda.
Bolalar ombudsmani Navoiydagi maktabda kuzatilgan holat – dars mashg‘ulotlari payti maktab o‘quvchilarini olib chiqib, sochini oldirgan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur, deb hisoblamoqda.
O‘zbekiston va Ispaniya mis sanoatini rivojlantirishda hamkorlik qilishni boshlaydi.
Madrid shahrida tog‘-kon va mis sanoatini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.