menu
Ukraina Xerson oblastida ham ruslar poligoniga HIMARS bilan zarba berdi.
Bu safargi zarba oqibatida ham kamida 60 harbiy halok bo‘lgan.

Ukraina armiya HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan Xerson oblastida Rossiya qo‘shini jamlangan nuqtaga zarbalar yo‘lladi. Bu holat aks etgan videoyozuvlar 21 fevral kuni kechqurun ukrain kanallarida tarqatilgan.

Ukrainadagi OSINT DeepState proyektiga ko‘ra, zarbalar Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi Podo-Kalinovka qishlog‘i yaqinida joylashgan poligon bo‘ylab berilgan. Joy geolokatsiyasiga ko‘ra, bu «Oleshkovskiye Peski» milliy bog‘i hududidir.

BBC rus xizmatining ukrain maxsus xizmatlaridagi Xerson yo‘nalishi bo‘yicha ishlovchi manbasi ukrain armiyasi Podo-Kalinovka qishlog‘i yaqinida to‘plangan rus qo‘shiniga zarba berilganini tasdiqlagan.

Ukrainaning «Zerkalo nedeli» nashriga ko‘ra, bu vaqtda poligonda RF armiyasining uchta  bo‘linmasining qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan bo‘lgan, bu yerga Rossiyaning «Dnepr» qo‘shinlar guruhi rahbarlari tekshiruv o‘tkazish uchun tashrif buyurishi kutilayotgandi.

«Zerkalo nedeli» iqtibos keltirgan ukrain monitoring pabliklari kamida 60 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu ma’lumotni tasdiqlovchi mustaqil manbalar yo‘q.

Podo-Kalinovka ukrainlarning Dniproning chap sohilidagi platsdarmi sanalgan Krinkidan 27 km masofada joylashgan — ushbu platsdarm uchun so‘nggi oylarda qaqshatqich janglar olib borilmoqda.

RF mudofaa vazirligi poligon bo‘ylab zarba yuzasidan izoh bermagan.

Keyinroq Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida Rossiya qo‘shini ustiga zarba berilganini tasdiqladi. Ukraina «Janub» mudofaa kuchlari rasmiysi Natalya Gumenyuk ukrain televideniyesi efirida «kamida 60 nafar bosqinchi endi jangovar pozitsiyalariga qaytmasligi aniqligi»ni aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!