qarashlar
O‘zbekiston Rossiyadan gaz olishni deyarli to‘rt barobarga oshirmoqchi: hozir shartnomaga ko‘ra, gaz ta’minoti hajmi 9 million kub metrni tashkil etadi. Uni 32 millionga oshirish rejalashtirilgan, deb yozdi «Vedomosti».
Ta’minotni oshirish 2024–2030 yillarda shimoliy magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilish hisobiga rejalashtirilgan, buning uchun 500 million dollar yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2023 yil iyun oyida tuzilgan edi. Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish oktyabr oyida boshlangan, sutkalik hajmi 9 million kub metrni tashkil qiladi, yillik - taxminan 2,8 milliard kub metr. Agar ta’minot kuniga 32 million kub metrgacha oshsa, yillik hajmi 11,68 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi rahbari Aleksey Miller dekabr oyida O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi shartnoma bo‘yicha kunlik majburiyatlarga nisbatan ikki baravar oshirilgani haqida xabar bergan edi.
«Shunday qilib, respublika «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan maksimal gaz hajmini oldi», dedi Miller.
Kompaniya rahbari 2024 yilda «Gazprom» Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz ta’minoti bo‘yicha 15 yillik shartnoma tuzishini ta’kidladi.
Comments
0 comment