qarashlar
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari belgilanadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari quyidagilarga asoslanib belgilanadi:
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi pasayishining tafovuti tavsiya etiladiganidan 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxi tavsiya etiladiganidan 20 foizdan ortiq pasaytirilgani aniqlanganda, Bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha 24 soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi.
Comments
0 comment