14
qarashlar
qarashlar
Parvozlar haftasiga 2 marta (juma, yakshanba) Bombardier DHC 8-Q400 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Qozog‘iston Transport vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi aviakompaniyalar bilan hamkorlikda parvozlar sonini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2024 yil 15 martidan boshlab Qazaq Air aviakompaniyasi Turkiston-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
Parvozlar haftasiga 2 marta (juma, yakshanba) Bombardier DHC 8-Q400 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, havo qatnovining ko‘payishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, biznes, sarmoyaviy va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Comments
0 comment