qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 10:30 396 2 daqiqa o‘qiladi Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadiGermaniyaning Kiyev uchun yangi paketiga Leopard 1 A5 tanklari, Gepard o‘ziyurar zenit qurilmalari va o‘q-dorilar kiritilgan.
Foto: Bundeswehr/Tom Twardy
Germaniya Ukrainaga keng qamrovli yangi qurol paketini taqdim etmoqda. Bu haqda 23 dekabr, dushanba kuni Germaniya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu paketga, xususan, ehtiyot qismlarga ega 15 ta Leopard 1 A5 asosiy jangovar tanklari, ehtiyot qismlarga ega ikkita Gepard o‘ziyurar zenit qurilmasi, Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimi, shuningdek, ikkita Patriot uchirish uskunasi kirgan. Bundan tashqari, Leopard 1 va Leopard 2 uchun o‘q-dorilar yuborilmoqda. So‘nggi paytlarda Rossiyaning dron va raketalardan foydalangan holda hujumlari ko‘payganligi sababli, havo hujumidan mudofaa tizimlari Kiyev uchun juda muhim, deb ta’kidladi dpa agentligi.
Berlinda ta’kidlanganidek, qo‘shimcha IRIS-T tizimlarini yetkazib berish 2023 yilda va’da qilingan edi. Kiyevga yetkazib berishning yangi ro‘yxatiga yuk mashinalari, dronlar va qo‘shimcha radar tizimlari ham kiritilgan.
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Germaniya kansleri Olaf Shols 19 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa yetakchilarining uchrashuvida yana bir bor NATO bo‘yicha hamkorlarni Ukrainaga uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga chaqirdi. «Ayon bo‘lishi kerakki, biz zarur bo‘lganda yordam berishga tayyormiz», dedi uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan dpa agentligi.
Shuningdek, Shols Germaniya ittifoqchilaridan Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va o‘q-dorilar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘ragan va Berlin «Ukrainaning Yevropadagi eng katta yordamchisi bo‘lishda davom etishiga» va’da bergan. Bundan tashqari, siyosatchi Yevropa davlatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik Donald Tramp Oq uyga kelganidan keyin ham davom etishiga ishonch bildirdi.
18:40 / 21.12.2024
08:03 / 21.12.2024
14:32 / 20.12.2024
22:59 / 19.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment