qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 23:25 / 23.12.2024 294 3 daqiqa o‘qiladi Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqdaBangladesh Tashqi ishlar vazirligi Hindiston tashqi siyosiy idorasiga Shayx Hasinani ekstraditsiya qilish bo‘yicha murojaat yo‘lladi. U genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Foto: AP
Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi Hindiston tashqi siyosiy idorasiga mamlakatning sobiq bosh vaziri Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishda ko‘maklashishni so‘rab, murojaat yo‘lladi. U o‘z yurtida genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va odamlarning ommaviy yo‘qolishida ayblanmoqda.
«O‘z pozitsiyamiz haqida Hindistonni aniq xabardor qildik. Biz sud jarayonlari uchun Hasinani qaytarmoqchi ekanimizni bildirdik», — deydi Bangladesh muvaqqat hukumatining TIV rahbari Tuxid Hussayn.
Noyabr oyida Bangladesh Xalqaro jinoiy tribunal Shayx Hasinani hibsga olishga order bergandi. Tribunalga sobiq bosh vazirning aloqasi borligi aytilayotgan o‘nlab ishlar topshirilgan. Ular insoniyaga qarshi jinoyatlar, qotillik, suiqasd va genotsidni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Bangladesh maxsus tribunali Interpol xalqaro politsiyasiga murojaat qilib, hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish bo‘yicha «qizil bildirish» chiqarishni so‘ragan edi.
Bangladeshda ommaviy namoyishlar
Iyul oyida Bangladeshni ommaviy namoyishlar qamrab olgandi: talabalar davlat sektoridagi ish o‘rinlarining uchdan bir qismi 1971 yildan Pokistondan mustaqillikka erishish uchun bo‘lgan urush faxriylarining qarindoshlari uchun zaxira qilinishini ko‘zda tutuvchi kvotalar tizimini o‘zgartirishni talab qilib ko‘chalarga chiqqan.
2018 yilda bosh vazir Shayx Hasina hukumati tomonidan bekor qilingan kvotalar tizimi iyun oyida quyi instansiya sudi tomonidan yana tiklangan va bu jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Talabalar bu tartibni diskriminatsiya deb atagan va ishga qabul har bir alohida nomzodning malakasiga asoslanishini talab qilgan.
Avvaliga faqat talabalar ishtirok etgan namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab yoyilib ketdi. Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, norozilik namoyishlarida 1000 dan ortiq inson halok bo‘lgan.
77 yoshli Hasina qochib ketganidan beri ommaga ko‘rinish bermadi. Uni oxirgi marotaba Hindiston poytaxti yaqinidagi aviabazada ko‘rishgan — sobiq bosh vazir u yerda vertolyotda yetib borgan. Hasina avvaliga tez orada Hindistonni tark etishi kutilgandi, ammo u mamlakatdan boshpana olishga muvaffaq bo‘lgan.
Hasina qochib ketgach iqtisodchi Muhammad Yunus Parijdan qaytib kelib, Bangladesh muvaqqat hukumati rahbari sifatida qasamyod qildi. 2006 yilda u kambag‘allarga mikrokredit berish sohasidagi izlanishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
11:42 / 18.12.2024
20:02 / 17.12.2024
21:54 / 12.12.2024
23:45 / 09.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment