menu
O‘zbekiston 1 yanvardan BRICS hamkori bo‘ladi - Kreml.
9 ta mamlakat BRICS hamkor davlati maqomini oladi, ular orasida Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston borligi ta’kidlanmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 16:28 673 2 daqiqa o‘qiladi O‘zbekiston 1 yanvardan BRICS hamkori bo‘ladi - Kreml

9 ta mamlakat BRICS hamkor davlati maqomini oladi, ular orasida Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston borligi ta’kidlanmoqda.

Foto: AP

Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekiston BRICS hamkori bo‘lishga tayyorligini tasdiqladi, ular 1 yanvardan shunday maqomga ega bo‘ladi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga. Uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirdi.

«[Qozondagi] sammitning muhim natijalaridan biri BRICS bo‘yicha hamkor davlatlar toifasini tashkil etish va 13 ta davlatdan iborat ro‘yxatni tasdiqlash bo‘ldi. Bu davlatlarga tegishli taklifnoma yuborildi. Bugungi kunga kelib Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekistondan BRICS hamkori bo‘lishga tayyor ekanini tasdiqladi», dedi u.

Ushakov tushuntirganidek, «2025 yil 1 yanvardan boshlab ular rasman BRICS hamkor davlatlari maqomini oladi». «Ammo biz tez orada taklifnoma yuborilgan yana to‘rtta davlatdan javob kelishini kutamiz», deb qo‘shimcha qildi u.

Bu davlatlar vakillari BRICS sammitlari va tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlari doirasidagi alohida yig‘ilishlarga taklif qilinadi. «Biz hamkorlarni xavfsizlik masalalari bo‘yicha mas’ul yuqori vakillar yig‘ilishlari, parlament forumi va boshqa tadbirlarga jalb etishni to‘g‘ri deb hisoblaymiz», dedi Kreml vakili.

BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.

15:38

13:29

13:18

12:20

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!