qarashlar
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Ko‘palbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘palbay Tangriberdiyev 2000 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.
Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Comments
0 comment