qarashlar
Mamlakatning Londondagi diplomatik vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Britaniya Milliy statistika idorasi xodimlari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda xalqaro sifat modellarini joriy etish va milliy statistik registrlarni yuritish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida agentlik vakillari Britaniya tomonini xalqaro sifat menejmenti va yuritish tizimlarini joriy etish hamda statistika registrlariga tizimli xizmat ko‘rsatish amaliyoti va xorijiy hamkorlarning korxonalar statistika registrlarni yuritish tajribasi bilan tanishtirdi.
Britaniya Milliy statistika idorasi vakillari O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan hamkorlik o‘rnatish, o‘zbek mutaxassislarini stajirovkaga qabul qilish va treninglar o‘tkazish uchun o‘z vakillarini mamlakatga yuborishga tayyorligini bildirdi.
Comments
0 comment