menu
AQSh qirg‘izistonliklar uchun vizalar muddatini uzaytirdi.
Sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddati 10 yilga uzaytirildi. 

AQSh hukumati Qirg‘iziston fuqarolariga Amerikaga borish uchun beriladigan sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Qirg‘izistondagi elchixonasi xabar berdi. 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizalarini olishga ariza berganlik uchun undiriladigan 20 dollarlik to‘lov ham bekor qilindi. 

«Ushbu o‘zgarishlar qirg‘iz xalqi uchun xizmatlarni yaxshilash, mamlakatlarimiz o‘rtasida safarlarni soddalashtirish va aloqalarimizni yaxshilashga qaratilgan», dedi Qirg‘izistondagi AQSh elchisi Lesli Vigeri. 

Yangi 10 yillik muddat 2024 yil 4 martdan boshlab berilgan B1, B2 va B1/B2 vizalariga nisbatan amal qiladi. Ta’kidlanishicha, yozda konsullik xizmatlari yanada rivojlantirilishi kutilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!