Yangiliklar
Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi PUBG akkauntini sotishini aytib, firibgarlik sodir etgani aniqlandi.
PUBG akkauntini sotishini aytib, fuqaroning pullarini “uxlatgan” bola 9-sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi.
WSJ: Chexiya Ukraina uchun 800 ming artilleriya snaryadi xarid qildi.
Chexiyalik mulozimlarga ko‘ra, yetkazib beruvchi mamlakatlar orasida Rossiya ittifoqchilari ham bor.
BYD avtomobillarining importi cheklanishi mumkin.
“O‘zavtosanoat” bilan birga Jizzaxda zavod qurayotgan Xitoy brendi o‘z mahsulotlarining O‘zbekistonga importini “tartibga solish”ni so‘rayapti. Bu olib kirilayotgan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashmagani bilan izohlangan. 1 iyulga...
Toshkentda «Damas» yoritkich ustuniga borib urildi, ustun «Lasetti»ning ustiga tushib ketdi.
Muqimiy ko‘chasida haydovchi “Damas”ni boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yoritkich ustuniga to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng yoritkich ustuni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” old qismiga tushib ketib, texnik shikast yetkaz...
6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi .
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 98 192 nafar shaxsda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan, shundan 88 570 tasi ijobiy hal etildi.
Uy va mashinalar uchun fuqarolarning 921 mln so‘m pulini qo‘lga kiritgan MChJ rahbarlari aniqlandi .
Ko‘kdala va Kitob tumanlarida uy va avtomashina uchun fuqarolarning 921,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan MChJ rahbarlari aniqlandi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi saylov haqida bayonot berdi.
Bayonotda saylov tobora torayib borayotgan siyosiy makonda o‘tkazilgani ta’kidlanadi, ammo uning natijalari tan olinmasligi haqida gap-so‘z yo‘q.
Inflatsiyani jilovlash eksport bilan chambarchas bog‘liq - prezident.
Qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy qismini «kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar» tashkil qilayotgani muammo sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaya boshladi.
2024 yilning dastlabki 2 oyida tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 foizga kamaydi.
Qashqadaryoda ayrim tarixiy obektlar yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani aytildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida qator tarixiy obektlar butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani haqida xabar berildi.
Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirilgan shaxs aniqlandi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 52 yoshli T.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 6 200 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Manchesterda fantastika, «Barsa» «Atletiko»ni yakson etdi. Yevropada kun o‘yinlari.
Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
AQSh-Xitoy raqobati: Tinch okeanida vaziyat qanday o‘zgaryapti?.
Dunyoning boshqa mintaqalarida bo‘lgani kabi Tinch okeanida ham AQSh va Xitoyning o‘zaro raqobati kuchayib boryapti. Qo‘shma Shtatlar Tinch okeanida o‘z harbiy mavjudligini kengaytirishini e’lon qildi. Xo‘sh, bunga Xitoyning javobi qanday bo‘ladi? Kun.uz'...
O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayadi.
O‘zbekiston bo‘yicha 18-22 mart kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Qurilish sohasida qancha korxona ro‘yxatdan o‘tgani aytildi.
So‘nggi yillarda qurilish sohasida korxonalar soni qanchaga ko‘paygani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi.
Muqaddam qo‘mita raisi, viloyat hokimi lavozimlarida ishlagan Hidoyatov o‘tgan haftada Chirchiq shahri hokimi lavozimini tark etgandi.