Yangiliklar
«Xaos» va saroy uchun «PR-falokat». Britaniya qirollik xonadoni atrofidagi so‘nggi voqealar.
Uels malikasi Keyt Middlton va qirol Charlz uzoq vaqt ommaga ko‘rinish bermadi. Bu esa ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Peskov: «Rossiya urush holatida».
Kreml vakili ilk bor «maxsus harbiy amaliyot» iborasi o‘rniga urush so‘zini qo‘lladi. Bungacha Rossiyada urushni urush deb atagani uchun rossiyaliklar javobgarlikka tortilgan.
AQShdagi saylovlar: Bayden nimaning evaziga Trampni yengmoqchi?.
So‘rovnomalar nimani ko‘rsatmasin, tahlilchilar nimaiki deyishmasin, Jo Bayden o‘zini Donald Trampni to‘xtata oladigan yagona odam deb hisoblashda davom etmoqda. The New Yorker nashri AQSh prezidenti haqida katta material tayyorladi.
«Nimanidir istisno etmaslik - buni qilishni anglatmaydi». Makronning noaniq bayonotlari zanjiri.
Fransiya prezidenti g‘arb davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligini aytgandi. Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin esa Ukrainaga jo‘natish uchun kontingent tayyorlanayotgani haqida ma’lumot mavjudligini bildirgan.
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari va Donetsk oblastida mashq qilayotgan merganlar. Urush suratlari.
Ukrainada urushning 757-kuni o‘tdi.
FT: AQSh Ukrainadan Rossiya neft obektlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi.
Vashington Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar tomonidan qilinayotgan hujumlar jahon bozorida neft narxi oshishiga olib kelishi, shuningdek Moskva tomonidan javob choralari ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.
Eski kiyim tufayli uzilgan rishta (Hayotiy hikoya).
“Dugonamning o‘g‘li baqirib gapirar ekan, atrofimizni odamlar o‘ray boshladi.
Sud Navalniyning onasi tomonidan Yamaldagi koloniyaga qarshi berilgan da’voni rad etdi.
Sud Lyudmila Navalnayaning o‘g‘li vafot etgan koloniyaga noto‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatilgani bo‘yicha da’vosini rad etdi. Javobda faqat Aleksey Navalniyning o‘zi da’vogar bo‘lishi mumkinligi, onasi huquqlari buzilmagani aytiladi.
Kuvayt O‘zbekistonning chekka qishloqlarida rejalashtirilgan loyihalarda ishtirok etmoqchi.
Kuvaytda O‘zbekistonning iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
O‘zbekistonning 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi .
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi qarori qabul qilindi.
Rossiyada ikkita qamoqxona yopilyapti: mahbuslar jang qilishga ketgan.
Ombudsman Mark Denisovning so‘zlariga ko‘ra, Areyskiydagi IK-7 va Gromadskdagi IK-16 yopiladi. Denisov «pulni tejash uchun» qamoqxonalarni yopishni nomaqbul deb hisoblaydi.
Rossiya husiychilar bilan Qizil dengizda yuk tashish bo‘yicha kelishib oldi.
Xitoy bilan ham Qizil dengizda xavfsiz yuk tashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan buyon Rossiya va Xitoy kemalari husiychi isyonchilar hujumidan qo‘rqmasdan Qizil dengizda harakatlana oladi.
O‘zbekiston 2 oyda 151 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSh dollaridan oshgan.
Estoniya Ukrainaga 20 mln yevrolik harbiy yordam va’da qildi.
Ukrainaga yangi yordam paketi ajratilishi haqida Estoniya mudofaa vaziri Pevkurning Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi. Estoniya bosh vaziri Kallas Yevropa Ittifoqining har bir davlatini Kiyevga yordam berish uchun YaIM 0,25 foizini ajratishga chaqi...
Bryusselda atom energiyasini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar sammiti bo‘lib o‘tdi.
30 ta davlat rahbarlari butun dunyo bo‘ylab atom elektr stansiyalari tarmog‘ini tez kengaytirishga chaqirdi. Atom energiyasidan voz kechgan Germaniya sammitda qatnashmadi.
YeI Bosniya va Hersegovina bilan muzokaralarni boshladi.
BvH bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlash qarorini Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel e’lon qildi. «Tabriklaymiz! Sizning joyingiz - Yevropa oilasida», - deb yozdi Mishel X ijtimoiy tarmog‘ida.