qarashlar
Chilonzor tumanida “Damas” va “Lasetti” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 17 mart kuni soat 14.30 larda Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasida haydovchi “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritkich ustuniga to‘qnashgan va yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
To‘qnashuvdan so‘ng yoritkich ustuni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina old qismiga tushib ketib, texnik shikast yetkazgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Comments
0 comment