menu
Qashqadaryoda ayrim tarixiy obektlar yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani aytildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida qator tarixiy obektlar butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani haqida xabar berildi. 

Madaniy meros agentligi ma’lumotiga ko‘ra, agentlikning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan vaziyat atroflicha o‘rganilgan. Qarshi shahar “Haramjo‘y” MFY hududida joylashgan Haramjo‘y masjidida 2022–2023 yillar davomida restavratsiya ishlari olib borilgan bo‘lib, hozirgi kunda ayni jarayon to‘liq tugallangan. Inshoot topshirishga tayyor holga keltirilgan.

Kulol masjidida 2024 yilda qayta tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan va hozirgi kunda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, Sharifboy madrasasida esa restavratsiya jarayoni boshlab yuborilgan.

Chaqar masjidi esa XIX asrda bunyod etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha yaxshi holatda saqlangan. Inshoot mahalliy aholi tomonidan bir necha bor qayta ta’mirlangan. Shunga qaramasdan, masjidni 2025 yilgi ta’mirlash va tiklash ishlari rejasiga kiritish ko‘zda tutilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!