Yangiliklar
O‘zbekiston va Koreya tashqi ishlar vazirlari bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarni muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seul shahrida Koreya Respublikasining yangi tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul bilan uchrashdi.
23 mart kuni harorat 25 darajagacha ko‘tariladi.
«O‘zgidromet» 23 mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
«Aeroflot» samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi.
Samolyot bortida rossiyalik fuqarolarning tobi qochib qolgan.
Qozog‘iston va Ukraina Yevroga chiqmoqchi. Jamoalarda imkoniyat qanday?.
Kim kim bilan o‘ynaydi va kimlar favorit deb hisoblanmoqda?
Kripto-birja va kripto-do‘kon uchun yig‘imlar miqdori oshirildi.
Ta’kidlanishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat budjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini beradi, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ar-Riyodda O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Xususiy OAV ichki ishlar organlariga bepul yordam ko‘rsatadi.
Prezident tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
YeI sammitida Rossiya aktivlaridan olinadigan daromad bo‘yicha qaror qabul qilinmaydi.
Yevroittifoq sammitida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukraina foydasiga musodara qilish bo‘yicha qaror qabul qilinmaydi. Vengriya ushbu mablag‘lardan Ukraina qurolli kuchlari uchun qurol sotib olish uchun foydalanishga qarshi -...
Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar iste’foga chiqyapti.
Varadkar o‘z lavozimini tark etish qarorini «ham shaxsiy, ham siyosiy» sabablar bilan izohladi. Irlandiya hukumatining yangi rahbari 31 martdan keyin tayinlanishi kerak.
Bayram kunlari 40 mingdan ortiq tibbiyot xodimi aholiga xizmat ko‘rsatadi .
Davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, bu yil Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam oladi.
6 yilda metrodan foydalangan yo‘lovchilar soni 162 mln kishiga yetdi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tashish sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.
Qamchiqda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda .
21 mart kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Texas shtati noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamash huquqi uchun kurashmoqda.
AQSh Oliy sudi Texasga noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamashga ruxsat bergan edi. Biroq, apellyatsiya sudi buni yana taqiqlab qo‘ydi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisiga futbol bilan bog‘liq qo‘shimcha vazifalar yuklatildi .
Endi u mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish bilan ham shug‘ullanadi.
20 martning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar.
BYD importiga cheklov bo‘yicha mulohazalar, bekor qilingan davlat xaridlari, Buxoroda ma’muriy qamoqqa olingan vaynerlar, 1 mlrd so‘mga sotilgan mobil aloqa raqami va ilk reysni qabul qilgan Qo‘qon aeroporti - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston...
«Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyida Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi .
Parvozlar har kuni Vnukovo aeroportidan amalga oshiriladi.