qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 00:48 3 1 daqiqa o‘qiladi Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildiParvozlar Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron sabab bekor qilingan. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarga o‘z parvozi holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya qildi.
Foto: O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi 23 noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi (https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona/2155).
Qayd etilishicha, reyslarning bekor qilinishiga Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron sabab bo‘lgan. Bekor qilingan reyslar orasida:
Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
«O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz», — deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
20:03 / 18.11.2024
20:33 / 31.10.2024
21:06 / 24.10.2024
23:06 / 09.10.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment