Yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning benzin shoxobchalari bilan ro‘y bergan xususiylashtirishni o‘rganmoqda.
Qo‘mita bu oldi-berdini amalga oshirish uchun iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha oldindan rozilik olish kerak bo‘lgani yoki yo‘qligiga baho beradi. Masalaning xususiylashtirish bilan bog‘liq jihatlari esa izoh bermay kelayotgan Davaktivga havola qilindi. X...
Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish choralari belgilandi.
Sport vazirligi huzurida Og‘ir atletika markazi tashkil etiladi. Og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha turli darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi.
HAMAS yetakchilaridan biri Marvan Issa Isroil zarbasidan halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Isroillik harbiylar o‘tgan haftada HAMAS harakati harbiy qanoti yetakchilaridan biri bo‘lgan Marvan Issani o‘ldirishgan, deb xabar berdi Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan. Avvalroq Isroil Issa G‘azo sektoridagi zarba nishoni...
Zaporijjya oblastida ukrain harbiylari dron yig‘moqda, Belgorod va Donetsk yana o‘qqa tutildi. Urush suratlari.
Ukrainadagi urushning 755-kuni o‘tdi.
“Tanlovni cheklash monopoliyaga yo‘l ochadi” - jamoatchilik vakillari BYD importiga cheklov haqida.
“Hammasi bir vaqtlar UzDEUAuto qo‘shma korxonasi ochilgan paytdagi jarayonlarni eslatyapti”.
O‘zbekistonda mobil raqam qariyb 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
Onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotildi. Shuningdek, xaridor 32,4 mln so‘m komissiya yig‘imini ham to‘lashi kerak bo‘ladi.
BMT: So‘nggi o‘n yil rekord darajada issiq bo‘ldi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil iqlim kuzatuvlari boshlanganidan beri eng issiq o‘n yil bo‘ldi. 2023 yil mutlaq harorat rekordini o‘rnatdi, ammo 2024 yil bundan ham issiqroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyatida qator yer maydonlari davlat mulkiga o‘tkazildi.
Mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz o‘z ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi.
Hozirda 1989 yilda tug‘ilgan ayol ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Olim Hojisharipov vafot etdi.
U «Gap yo‘q» hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi sifatida tanilgandi.
Toshkentda BMW yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Putin o‘z rekordini yangiladi: uning salkam 90 foiz ovoz olgani nimani bildiradi?.
Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich – 87,3 foiz ovoz bilan beshinchi marta prezident lavozimiga saylandi. Uning g‘alabasiga zarracha shubha yo‘q edi, lekin salkam 90 foizlik ko‘rsatkich rasmiylashtirilishi biroz kutilmag...
Meteorologlar 2023 yil ko‘rsatkichlarini butun dunyo uchun «qizil signal» deb atadi .
Global iqlim holati to‘g‘risidagi hisobot 2023 yil oldingi davrlarga nisbatan katta farq bilan rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lganini tasdiqlaydi.
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi kuzatuv kamerasiga to‘qay mushugi muhrlandi .
To‘qay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon bo‘lib, tashqi ko‘rinishi silovsinga o‘xshaydi.
Stoltenberg: Gurjiston - NATOning eng yaqin hamkorlaridan biri.
NATO rahbari Tbilisiga tashrifi davomida Gurjistonni demokratik islohotlarni davom ettirishga chaqirdi. U barcha shartlar bajarilganidan keyin alyans ushbu mamlakatni a’zo sifatida qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi.
Elchixona Hindistonda tazyiqqa uchragan xorijlik yoshlar orasida o‘zbekistonlik talaba borligi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Bugungi kunda Hindistonning Gujarat universitetida o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmayotgani aniqlandi.