Yangiliklar
Rossiya 227 AQSh fuqarosining mamlakatga kirishini taqiqladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh ma’muriyati vakillari, tadbirkorlar, professorlar va jurnalistlarni qora ro‘yxatga kiritdi. Unda hammasi bo‘lib 2 mingdan ortiq amerikaliklar bor.
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi iftorlik dasturxoni yozdi - foto.
Iftorlikda davlat va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ishtirok etdi.
YeI parlamenti Kiyev va Kishinyov bilan erkin savdo rejimini uzaytirdi.
Yevroparlament a’zolari Ukraina va Moldova bilan bojsiz savdo rejimini 2025 yil 5 iyungacha uzaytirishni ma’qulladi.
Rossiyada Navalniyning «yashirin shtablari» faollariga hukm chiqarildi.
Moskva sudi 21 yoshli talaba va 22 yoshli bitiruvchini 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov ularni Navalniyning «yashirin shtablari» bilan aloqador ko‘ryapti, deb ma’lum qilgan Solovyov.
Qrimning Ukrainaga berilishi: RF Davlat dumasi SSSR qarorini bekor qila oladimi?.
«Yedinaya Rossiya» partiyasi deputati Konstantin Zatulin va senator Sergey Tsekov Davlat dumasi ixtiyoriga 1954 yilda Qrim oblasti RSFSR tarkibidan Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazilganini noqonuniy deb topish to‘g‘risida qonun loyihasini kiritdi.
Perfectum xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
“Rubicon Wireless Communication” MChJning 100 foiz ulushi tadbirkor Abdumalik Valijonovich Iminovga o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Bu katta ehtimol bilan o‘tgan yili ro‘y bergan. Kompaniyadagi 65 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinmagan.
O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilyapti.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatas...
16 mart kuni ayrim hududlarda harorat 23 darajagacha ko‘tariladi.
«O‘zgidromet» 16 mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Janubiy Koreya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi-sangni qabul qildi.
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Gananing O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gana elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Erik Ovusu Boatengni qabul qildi.
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
2024 yil 15-20 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
O‘zbekiston va Eron talaba qizlar uchun almashinuv dasturlari ishlab chiqadi.
Nyu-York shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Senat raisi, gender tenglik bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva Eronning Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi.
Toshkent quyuq tutun bilan qoplandi.
15 mart Toshkentda garchi quyoshli boshlangan bo‘lsa-da, atrofni ko‘mir hidini eslatuvchi achchiq va qalin tutun qoplagan. Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqdi.
Tashabbusli budjet: “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili qanday ishlaydi?.
Shu yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi ochiq budjet jarayonlariga “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyilini joriy qildi. Endilikda fuqaroning nomida nechta sim-karta bo‘lishidan qat’i nazar, uning faqat birinchi ovozi qabul qilinadi. Vazirlik bo‘lim...
Rossiya AEXAning Zaporijjya AESni Kiyevga qaytarish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi.
Zaporijjya atom elektr stansiyasini Ukrainaga yoki xalqaro nazoratga o‘tkazish haqidagi chaqiriqlar Moskvada «Rossiya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz» sifatida baholanmoqda», deyiladi TIV xabarida.