menu
O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi.
O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Pokiston Bosh vazirining maxsus vakili muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Pokiston bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Asif Durroniy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport kommunikatsiyalari sohalarida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Afg‘oniston yo‘nalishida, xususan, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishda hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!