menu
O‘zbekistonda logistika sohasini rivojlantirishga Qatar kompaniyasi jalb qilinadi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Qatarning Al Mirqab Capital kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuvda Toshkent shahri Yangihayot tumanida logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qatar tomoniga O‘zbekistonda transport va logistika tizimini rivojlantirish, xalqaro logistika markazlarini barpo etish, mintaqaviy tranzitni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, taklif etilayotgan loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasida tomonlar mazkur loyihani amalga oshirishning yakuniy shartlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!