menu
Toshkentga olib kelinayotgan 3 tonna xavfli tovuq go‘shti Navoiyda to‘xtatib qolindi.
Sotish uchun Buxorodan poytaxtga olib kelinayotgan tovuq go‘shti laboratoriyada tekshirib ko‘rilganida, iste’molga yaroqsiz ekani aniqlangan.

Navoiyda iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti aniqlangan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini tashkil etish guruhi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlangan.

Buxorodan Toshkentga qarab harakatlanayotgan, 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to‘xtatilgan. Iste’mol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda olib kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natilgan.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, tovuq go‘shti iste’molga yaroqsiz deb topilgan hamda qoidabuzarga qonuniy tartibda javobgarlik belgilangan.

Avvalroq “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!