Yangiliklar
Ekologik partiya O‘zbekistonda a’zolari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi .
Biroq, u yetakchi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ikki barobar ortda bormoqda.
HAMASga so‘nggi muddat, Britaniya kemasiga zarba va NATOga muqobil tashkilot muhokamasi - kun dayjesti.
Yangi ish haftasi boshlandi. Dunyoda sodir bo‘layotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirishda davom etamiz.
Turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli tavalludining 300 yilligi keng nishonlanadi.
Yubiley sanani O‘zbekistonda ham yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.
Bag‘dod tumani hokimi o‘zgardi.
So‘nggi ikki yil davomida Bag‘dod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Yusufjon Husayinov ishdan ketdi. Mahalladagi hokim yordamchilaridan yana biri tuman hokimiga aylandi.
AQSh iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Bu o‘sish ortida qanday muammolar yashiringan?.
Pandemiyadan keyin AQSh iqtisodiyotida sezilarli ko‘tarilish kuzatilyapti. Lekin, The Economist'ning yozishicha, bu o‘sish uchun turtki berib turgan omillarning ta’siri kamaymoqda. Ichki iste’mol kayfiyatining tushishi, Xitoydagi beqaror iqtisodiy vaziyat...
Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi.
Sobiq o‘rinbosar yanvar oyida prezident tanqidiga uchragandi.
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Sherali Xolmahamadovich Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tramp birinchi marta Navalniy o‘limini tilga oldi.
Lekin faqat Amerika siyosati kontekstida.
Yaponiya koinotga birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchiradi.
U zamonaviy metall sun’iy yo‘ldoshlarga ekologik toza muqobil sifatida ko‘rilmoqda.
Prezidentga atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarishga oid loyihalar taqdim qilindi.
Taqdimotda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi, maishiy chiqindi poligonlarini optimizatsiya qilish, chiqindilardan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
ЎФА бухгалтери 350 минг АҚШ долларини ўзлаштириб, қочиб кетган
ЎФА бухгалтери 350 минг АҚШ долларини ўзлаштириб, қочиб кетган
Barcha hududlarida bosqichma-bosqich yagona tez tibbiy yordam axborot tizimi ishga tushiriladi .
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi – «O‘zbekneftgaz».
Bugun, 19 fevraldan «O‘zbekneftgaz»ga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isining bir tonnasi 11 mln 608 ming 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirib boriladi.
BMT sudi Isroilning Falastin hududidagi harakatlarini tekshiradi.
BMT Bosh assambleyasi Xalqaro suddan Isroilning Falastin hududlaridagi harakatlari huquqiy oqibatlarini baholashni so‘radi. Eshituvlar Isroilning G‘azo sektoridagi amaliyoti fonida bo‘lib o‘tadi.
Yaman qirg‘oqlari yaqinida yana kema hujumga uchradi.
Kema yaqinidagi portlash zarar keltirdi, ammo ekipaj xavfsiz holatda, deb xabar berdi UKMTO. Qizil dengizdagi harbiy kemalar va savdo kemalari bir necha oydan beri husiychilar tomonidan hujumga uchrayapti.
Yo‘l ta’mirlanayotganda qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi o‘tish uchun yopilishi mumkin.
Yo‘l uchastkalarida qatnov qismining 50 foizidan ko‘prog‘ini yopish zarur bo‘lgan taqdirda yo‘l uchastkalarini aylanib o‘tish ta’minlanishi kerak.