menu
AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
AQSh hukumati Turkiyaga Rossiya tomonidan yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlarni Gazprombank orqali amalga oshirishga ruxsat berdi. O‘z navbatida Vengriya ham shunday huquqni qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 17:42 16 2 daqiqa o‘qiladi AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

AQSh hukumati Turkiyaga Rossiya tomonidan yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlarni Gazprombank orqali amalga oshirishga ruxsat berdi. O‘z navbatida Vengriya ham shunday huquqni qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Foto: AFP

AQSh hukumati Turkiyaga Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda Turkiya energetika vaziri Alparslon Bayraktarga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Shunday qilib, Turkiya Rossiya gazi uchun sanksiyaga uchragan bank orqali to‘lovlarni amalga oshira oladi. Bayraktarning so‘zlariga ko‘ra, turk tomoni ushbu masalani hal etish uchun AQSh rasmiylari bilan «bir qator muzokaralar» o‘tkazgan.

Vengriya tashqi ishlash vaziri Peter Siyyarto 19 dekabr kuni AQSh ushbu mamlakat uchun ham yetkazib berilgan Rossiya gazi uchun hisob-kitoblarni Gazprombank orqali amalga oshirishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.

AQSh Moliya vazirligi 2024 yil 21 noyabr kuni Gazprombank va uning oltita shu’ba kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 dekabr kuni Rossiya gazi uchun to‘lovlar endi bitta aniq bank orqali to‘lash tartibini bekor qildi. Ilgari bunday — yagona — moliyaviy institut Gazprombank edi. Shunday qilib, Putin o‘zining 2022 yil 31 martdagi farmoniga o‘zgartirish kiritdi, unda Gazprombankka Rossiya gazi uchun to‘lovlar bo‘yicha yagona adresat bo‘lish huquqi berilgandi.

O‘z navbatida Bloomberg Yevropa Ittifoqi Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun AQShga bosim ko‘rsatayotgani haqida yozgan edi. Turkiya tomoni ham AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiya bilan Anqarada o‘tkazilgan muzokaralar davomida Rossiyaning Gazprombankiga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘targandi.

22:32 / 18.12.2024

23:08 / 17.12.2024

21:46 / 17.12.2024

00:45 / 17.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!