qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 17:50 62 2 daqiqa o‘qiladi Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon yuz berdiMeksikada joylashgan qamoqxonalarning birida yuz bergan isyon oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi. Isyonga ikki mahbusning boshqa qamoqxonaga ko‘chirib o‘tkazilishi sabab bo‘lgan.
Foto: AFP
Meksika janubidagi qamoqxonada ikki nafar mahbusni ko‘chirish vaqtida isyon va yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda La Voz del Interior.
Qayd etilishicha, mahbuslar qamoqxona xodimlariga qarata o‘t ochgan. Shundan keyin ular mebellar va chiqindilarni yoqib yuborgan.
Isyon oqibatida jabrlanganlar orasida to‘rt nafar politsiyachi ham bor. Ta’kidlanishicha, isyonga ikki mahbusning boshqa qamoqxonaga o‘tkazilishidan kelib chiqqan norozilik sabab bo‘lgan.
Mahbuslar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv bir necha soat davom etgan. Operatsiya natijasida politsiya mahbuslardan bitta vintovka, beshta to‘pponcha, granata, 23 ta machete, 14 ta pichoq, shuningdek, qo‘lbola qurollar, patronlar, radiostansiyalar, mobil telefon va giyohvandlik vositalarini musodara qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Kolumbiya janubi-g‘arbidagi Tulua shahrida joylashgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Joriy yil avgustda esa Rossiyaning Volgograd oblasti Surovikino shahrida 19-sonli koloniyada o‘tkazilgan shturm chog‘ida odamlarni garovga olgan to‘rt mahbusni yo‘q qilgan edi.
22:26 / 10.12.2024
20:40 / 02.12.2024
00:30 / 13.11.2024
21:03 / 29.10.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment