qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jamiyat | 11:06 1586 2 daqiqa o‘qiladi Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamaldiToshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ko‘chada homilador ayolni haqorat qilgan uch nafar erkakka 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topildi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi taxminan soat 20:45 da ishdan uyiga qaytayotganini aytgan. Unga 30−40 yoshlardagi uch notanish erkak shilqimlik qila boshlagan. Ular haqoratli so‘zlar va beadab xatti-harakatlar qilishgan.
Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Erkaklarning shaxsiyati tez orada aniqlandi. IIBB tomonidan e’lon qilingan videoda ular uzr so‘ragani va bunday xatti-harakat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergani aks etgan.
«Kafedan chiqib, do‘stlarimiz bilan birga ketayotgan edik. Yo‘lda bu ayolga duch keldik. Men alkogol ta’sirida bo‘lib, tasodifan unga turtilib ketdim. Qilgan ishimdan va aytgan gaplarimdan qattiq pushaymonman. Ming bor uzr so‘rayman, meni kechiringlar», — dedi erkaklardan biri.
19:10 / 27.09.2024
07:47 / 21.06.2024
21:10 / 14.05.2024
12:10 / 26.04.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment