menu
Moskva sudi rossiyalik generalni o‘ldirishga gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazildi.
Moskvaning Basmanniy sudi general Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan Ahmad Qurbonovni ikki oy muddatga hibsga yubordi. Unga nisbatan «terrorizm va qurolning qonunga xilof muomalasi» moddalari bo‘yicha rasmiy ayblovlar qo‘yildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 23:07 / 19.12.2024 5104 2 daqiqa o‘qiladi Moskva sudi rossiyalik generalni o‘ldirishga gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazildi

Moskvaning Basmanniy sudi general Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan Ahmad Qurbonovni ikki oy muddatga hibsga yubordi. Unga nisbatan «terrorizm va qurolning qonunga xilof muomalasi» moddalari bo‘yicha rasmiy ayblovlar qo‘yildi.

Foto: msk1.ru

Moskvaning Basmanniy sudi Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, Qurbonov ikki oy muddatga hibsga olingan. «Interfaks»ning sud ma’lumotlariga tayanib yozishicha, unga nisbatan «terrorizm va qurolning qonunga xilof muomalasi» moddalari bo‘yicha rasmiy ayblovlar qo‘yilgan. «TASS» manbasi avvalroq Qurbonov «qotillik» moddasi bo‘yicha ayblanayotganini ta’kidlagandi.

Tergov tegishli tartibda iltimosnoma bilan murojaat qilgani bois sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilgan.

Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi 17 dekabr kuni tongda Moskva shahri Ryazansk prospektidagi uyi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lgandi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma uy pod’yezdi yonida turgan elektr samokatga o‘rnatilgan.

18 dekabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi FXX va IIV hamkorligida O‘zbekistonning 29 yoshli fuqarosini terrorchilik hujumi sodir etishda gumon qilib, qo‘lga oldi. U so‘roq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, buning uchun 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun chiqishi kafolatlanganini aytgan.

23:27 / 19.12.2024

08:30 / 19.12.2024

12:00 / 18.12.2024

11:05 / 17.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!