menu
O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Qirg‘izistonda O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevning mamlakat prezidenti Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 17:37 191 2 daqiqa o‘qiladi O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi

Qirg‘izistonda O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevning mamlakat prezidenti Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar beradi «Kabar» agentligi.

Qayd etilishicha, 17 dekabrda bo‘lib o‘tgan marosimda Sadir Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasidan mamnunligini bildirgan va bu aloqalar turli sohalarda barqaror rivojlanish dinamikasini namoyon etayotganini ta’kidlagan.

Prezident Sadir Japarov joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan barcha kelishuvlar, jumladan, Oliy davlatlararo kengashning tashkil etilishi har tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Iqtisodiy hamkorlik doirasida Qirg‘iziston prezidenti o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi, tovarlar turi ko‘payib, eksport-import aloqalari mustahkamlanayotganini qayd etgan. Qo‘shma korxonalar tashkil etish, yirik investitsiyaviy loyihalarni, jumladan, energetika va transport sohalarida amalga oshirishning muhimligi ta’kidlangan.

O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka tayinlanishidan oldin, 2018 yildan buyon O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan II darajali «Dostyq» ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

17:13

09:34

18:39 / 19.12.2024

16:33 / 18.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!