Yangiliklar
Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi.
Hafta davomida aksariyat qimmatbaho metallar o‘sish sur’atini taqdim etdi. Xususan, oltin narxi 97 dollarga qimmatladi va rekordni yangiladi. Shuningdek, Bitcoin 8 foizdan ortiq, Ethereum esa qariyb 12 foizga qimmatlashdi.
«Arsenal» birinchi o‘ringa chiqdi, Shomurodovda gollar, Husanovda g‘alaba. Yevropada kun o‘yinlari.
«Bavariya» 8 ta gol urdi, «Inter» ikkinchi o‘rindan 18 ochkoga o‘zib ketdi. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
Gimnastikachi Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi.
48 yoshli gimnastikachi Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun yana bir imkoniyatga ega: may oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati ko‘pkurash bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi kerak, bu deyarli imkonsiz.
Erdo‘g‘anning va’dasi, Eronning dengiz strategiyasi va Ukraina urushi saboqlari - kun dayjesti.
Dunyoda sodir bo‘layotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirishda davom etamiz.
Toshkentda tarovih namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi.
10 martdan boshlab, har kuni soat 19.00 dan 00.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi oshirilmoqda.
Markaziy bank boshqaruvining “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
AQSh «Vagner» bilan bog‘liq kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
«Broker Ekspert» va Markaziy Afrika Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan Bois Rouge SARLU kompaniyalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
10 mart kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
«O‘zgidromet» 10 mart, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Shvetsiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhi tashkil etildi.
Shvetsiya parlamenti (Riksdag)da Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhi tashkil etildi.
13 martdan Varshava-Toshkent yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi .
Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ochadi va 13 martdan boshlab Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishi bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
AQSh va Buyuk Britaniya yaqin ikki kun ichida Moskvada terakt sodir etilishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Bir qancha mamlakatlar o‘z fuqarolariga Moskvada odamlar to‘planadigan joylarga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
O‘zbekistonda qaysi sohada xorijiy korxonalar ko‘proq tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.
Qaysi sohada xorijiy korxonalar ko‘proq tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi.
Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin.
100 nafar maktab o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Saralab olingan pedagoglar 2024 yil yakuniga qadar xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi.
Chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
Kemeron Germaniyani Kiyevga uzoq masofali raketalar yetkazib berishga chaqirdi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri TAURUS yetkazib berish Ukrainadagi urushning kuchayishiga olib kelmasligiga ishonch bildirmoqda. Agar siz mamlakatga noqonuniy tajovuzni qaytarishda yordam bermoqchi bo‘lsangiz, unda ikkilanish o‘rinsiz, deydi Devid Kemeron....