qarashlar
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi" sarlavhali maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Agentlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 1 martdan chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
"Bu Shavkat Mirziyoyevning 21 fevraldagi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida ko‘zga tutilgan", ‑ deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, shuningdek, mart oyidan boshlab o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish obektlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish topshirilgan.
Comments
0 comment