qarashlar
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Marek Pravda bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Suhbat davomida O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Tomonlarning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Joriy yilga rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentda vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shu yilning 13 mart kuni Varshava–Toshkent–Varshava yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovining muhim ahamiyati ta’kidlandi.
Comments
0 comment