menu
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi.
2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumani hokimi lavozimida ishlagan Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga ayvon poygakidan joy bergani ortidan internetda mashhur bo‘lgandi. U o‘zboshimchalik, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, sud hukmi bilan jinoiy jazoga ham tortilgan edi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 14:18 2370 3 daqiqa o‘qiladi Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi

2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumani hokimi lavozimida ishlagan Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga ayvon poygakidan joy bergani ortidan internetda mashhur bo‘lgandi. U o‘zboshimchalik, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, sud hukmi bilan jinoiy jazoga ham tortilgan edi.

Foto: Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlov 2024 yilning 18 dekabr kuni kengashning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida e’lon qilingan.

Sobiq hokim tayinlovga qadar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumaniga hokimlik qilgan. U sayyor qabulda fuqarolarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi. So‘ngra Egamberdiyev prezident qarori bilan davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

O‘shanda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan bu holat “o‘rta asr xonliklari davrini eslatayotgani”, Egamberdiyev o‘zini hokim emas xondek tutayotgani tanqid qilingan. Tuman hokimligi esa bu holatni «ijtimoiy masofa saqlash» zarurati bilan izohlashga uringandi.

Keyinchalik Abdujabbor Egamberdiyev sudlangani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining 2023 yil 8 fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev o‘zboshimchalik, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Egamberdiyev va uning himoyachisi tomonidan sudga o‘talmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi arizasi taqdim etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining 2024 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosini o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.

Abdujabbor Egamberdiyev muqaddam ko‘p yillar soliq tizimida ishlagan, 2016-2021 yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2021-2022 yillarda Andijon tumaniga hokimlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Kasaba uyushmalari nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

10:09 / 11.07.2024

20:59 / 23.01.2024

13:48 / 30.07.2023

15:35 / 02.05.2023

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!