Yangiliklar
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida salkam 1 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.
“O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan budjet hisobidan xarid qilingan va “Smart Sales Leader” MChJ tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha elektron vositalar joylarga yetib bormagan. Jami 919,4 mln so‘m talon-toroj qilingan. Ho...
NYT: iyulgacha Ukraina va’da qilingan 45 ta F-16 qiruvchisidan 6 tasini oladi.
Iyulgacha Ukraina Yevropa davlatlari va’da qilgan 45 ta F-16 qiruvchisidan oltitasini oladi, deb yozadi The New York Times. Kechikishlar uchuvchilarni tayyorlash jarayonining uzoq davom etishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan buyon 2,37 mlrd dollarga kamaydi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning zaxira aktivlari qiymati 34 mlrd 564 mln dollardan 32 mlrd 195 mln dollargacha yoki 6,85 foizga qisqardi. Bu 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi bilan izohlandi.
Samarqand va Jizzaxda kuchli yomg‘ir tufayli elektr energiya ta’minotida avariyaviy o‘chishlar kuzatildi.
Samarqand viloyatida 13,7 ming, Jizzax viloyatida esa 2,2 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Hududlardagi kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari ham elektr ta’minotidan uzilgan.
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi.
Ukrainalik jurnalist Mstislav Chernov tomonidan ishlangan «Mariupolda 20 kun» filmi yilning eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli filmi deb topilib, «Oskar» bilan taqdirlandi.
OChL. «Al Ayn» YeChL darajasida o‘tgan dramatik o‘yinda «An Nasr»ni turnirdan chiqarib yubordi.
Osiyo Chempionlar Ligasida yarimfinalning dastlabki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.
Yuqori To‘palang tabiat bog‘i xodimlari qo‘ng‘ir ayiqni tasvirga oldi .
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu noyob jonivorlar Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida 12 boshi uchrashi aniqlangan.
Rossiyaning yetti mintaqasiga tunda dronlar hujum qildi.
Mahalliy hokimiyat va OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Orel va Nijniy Novgorod viloyatidagi neft bazalarida dron hujumlari natijasida yong‘inlar sodir bo‘lgan. Rossiyaning yana beshta hududi dron hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Rossiyada mehnat migrantlariga taalluqli yana bir cheklov kiritilishi mumkin .
Rossiyaga uyushgan tarzda borgan mehnat migrantlari o‘z profili bo‘yicha ishlamasa, mamlakatni tark etishi talab qilinishi mumkin.
Imomali Rahmon tojikistonliklarning ko‘p marotaba Hajga borishidan noroziligini bildirdi.
Tojikiston prezidenti ikkinchi va uchinchi marta Hajga borishni xohlovchilarni shariat amrlariga amal qilib, mablag‘larini ko‘plab boshqa xayrli ishlarga sarflashga chaqirdi.
Surxondaryoda ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota uyining yerto‘lasidan topildi.
U 3 nafar farzandi uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan. Qarzdor otaga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
SUBeKTIV Viyetnamda: AQSh bilan urush izlari, hayratomuz madaniyat va ekzotik turizm.
Osiyoning eng tez ommalashayotgan turistik manzillaridan biri – Viyetnam bunga qanday erishyapti? SUBeKTIV ijodkorlari u yerdagi ajoyibotlar bilan tanishib, tropik o‘lkani ko‘pchilik vatandoshlarimiz tasavvur ham qilmagan rakursdan ko‘rsatgan holda hissiy...
«Bayrog‘imiz oq emas, ko‘k-sariq» – Rim papasi Ukrainani taslim bo‘lishga undab, tanqidlar ostida qoldi.
Katolik cherkovi bosh ruhoniysi, Rim papasi Fransisk navbatdagi mojaro girdobida qoldi. U Ukrainadagi urush haqida gapirib, «mag‘lub tomon mard bo‘lib muzokara o‘tkazishi kerakligi»ni aytgan.
Uzbekistan Airways Londonga aviaparvozlarni amalga oshiradi.
7 apreldan boshlab O‘zbekiston havo yo‘llari Toshkentdan Londonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Aviaqatnovlar haftasiga 3 ta bo‘lishi, samolyotlar Londonning ikkita aeroporti – Heathrow Airport va London Gatwick Airportʼga qo‘nishi ma’lum qilindi.
Polsha Rim papasining Ukraina haqidagi so‘zlarini tanqid qildi.
Agar Putin Ukrainadan armiyani olib chiqishga jur’at etsa, darhol tinchlikka erishiladi, dedi Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy.