qarashlar
"Dunyo" xabariga ko‘ra, 5 mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhi tashkil etilgani sharafiga o‘tkazilgan tadbirda guruh rahbari va a’zolari tanishtirildi hamda istiqboldagi vazifalar xususida fikr almashildi.
Do‘stlik guruhi raisi lavozimiga 2010-2014 yillarda Shved demokratlari partiyasi yetakchisi (mamlakatdagi ikkinchi yirik partiya), 2014-2018 yillarda Riksdag spikerining birinchi o‘rinbosari hamda hozirgi kunda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Shvetsiya parlamentidagi delegatsiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Byorn Syoder ma’qullandi.
Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va Shvetsiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarni rivojlantirish, jumladan ushbu sohalarni yanada faollashtirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.
Comments
0 comment