Yangiliklar
Farg‘ona viloyati SSB boshlig‘i tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Bobur Primqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Jizzax viloyatining ikki tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi.
Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari (1 ming 600 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi.
Toshkentda 15 yoshli qizga shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar aytib, shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi.
Aliment to‘lamagani uchun qidiruvdagi yangiyo‘llik ota uyining boloxonasida yashiringan joyidan ushlandi.
U bir nafar farzandi uchun 2 yillik aliment pullarini to‘lamagan, umumiy qarzdorlik 30 mln so‘mdan oshgan.
Putin Rossiya hududlariga hujumlarni UQKning frontdagi muvaffaqiyatsizliklari bilan izohladi.
Bu hujumlar Ukrainaning frontdagi muvaffaqiyatsizliklarini yashirish, Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik saylovlariga xalaqit berish va bo‘lajak tinchlik muzokaralarida o‘z so‘zini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, dedi prezident Vladimir Putin Dmitriy K...
Ikki oyda eng ko‘p soliq to‘lagan yirik soliq to‘lovchilar aytildi.
2024 yil yanvar-fevral oylarida 2 186 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan 17 trln so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan yashirin sex fosh etildi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etildi.
Chirchiq shahri hokimi boshqa ishga o‘tadi.
Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.
Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi.
Konvensiya ish beruvchilarning ish haqini o‘z vaqtida naqd pulda to‘lashini ta’minlashga qaratilgan.
Xorazmda o‘quvchilarni urgan o‘qituvchi ishdan olinib, jarimaga tortildi .
U o‘quvchilarga yengil tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topilgan.
Kashmir masalasi nega bunchalik chigal?.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi diniy va madaniy ziddiyatlar yechimi Kashmir vodiysiga kelganda to‘xtab qolaveradi, chunki bu nizo faqat mintaqaviy ahamiyatga ega emas: AQSh, Xitoy va Rossiya kabi yirik kuch markazlarining ham global manfaatlari bor. “G...
«Uy-joy qurish hajmini har yili kamida 20 foizga oshirib borishimiz kerak» – prezident.
Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlariga 1 iyulga qadar «Yangi O‘zbekiston» massivlaridagi 474 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishini to‘liq yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifati bilan qatti...
Litvada Navalniyning safdoshi Leonid Volkovga hujum qilindi.
Vilnyusdagi uyi oldida uning qo‘l va oyoqlariga bolg‘a bilan zarbalar berilgan. Muxolifatchining qo‘li singan.
Qurilish vazirligi Yangihayotdagi voqeadan so‘ng quruvchilarni takroran ogohlantirdi.
Toshkentdagi qurilish obektida 23 yoshli yigit boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etgani xabar qilingandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi.
Toshkentning Oqtepa dahasida renovatsiya dasturini xitoylik investorlar amalga oshiradi.
Bu yerdagi ikki qavatli, jami 568 ta xonadonli uylar buzilib, o‘rniga xitoylik investorlar tomonidan ko‘p qavatli uylar quriladi. Loyihaga 360 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritilishi, budjet mablag‘lari sarflanmasligi ma’lum qilindi.
Daniya Ukrainaga 300 mln yevrolik harbiy yordam paketini taqdim etadi.
Daniyadan Ukrainaga yuboriladigan 16-harbiy yordam paketiga artilleriya qurilmalari, o‘ziyurar minomyotlar va o‘q-dorilar kiradi.