menu
Daniya Ukrainaga 300 mln yevrolik harbiy yordam paketini taqdim etadi.
Daniyadan Ukrainaga yuboriladigan 16-harbiy yordam paketiga artilleriya qurilmalari, o‘ziyurar minomyotlar va o‘q-dorilar kiradi. 

Daniya Ukrainaga taxminan 2,3 milliard krona (308 million yevro) qiymatidagi yangi, 16-harbiy yordam paketini ajratadi. Uning tarkibiga Caesar artilleriya moslamalari, o‘ziyurar 120 mm minomyotlar va o‘q-dorilar kiradi. Bu haqda 12 mart, seshanba kuni Daniya Mudofaa vazirligi rasmiy saytida ma’lum qildi. 

Mamlakat mudofaa vaziri Troels Lund Poulsenning so‘zlariga ko‘ra, artilleriya va minomyot tizimlari «Ukraina tomonidan katta talabga ega». «Xayriyalar ittifoqchilarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va biz Ukrainani keng jabhada qo‘llab-quvvatlayotganimizdan dalolat beradi», dedi u. 

Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen shunday qo‘shimcha qildi: «Yevropaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ambitsiyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun ulkan siyosiy va iqtisodiy iroda talab etiladi... Ushbu paket bilan biz Ukraina va Yevropa ittifoqchilariga Daniya qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish istagi va qobiliyati borligini ko‘rsatamiz». Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, boshqa davlatlar ham Daniyadan o‘rnak olishiga umid bildirdi. 

Avvalroq Daniya Ukrainaga keyingi o‘n yil davomida yordam berishni kafolatlagan edi 

Urushning ikki yilligi arafasida, 22 fevral kuni Daniya Ukraina bilan keyingi o‘n yil davomida harbiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydigan shartnoma imzoladi. Germaniya, Fransiya, Britaniya, Italiya, Kanada va Niderlandiya Ukraina bilan ham shunday shartnomalar imzoladi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!