qarashlar
Toshkentdagi qurilish obektida 23 yoshli yigit boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etgani xabar qilingandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur obekt Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan.
Buyurtmachi MChJ Davlat xizmatlari agentligi orqali Toshkent shahar Yangihayot tumani «Yangi darxon» MFY hududida 4 ta 17 qavatli uy-joylar qurilishi uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Keyinchalik qurilish ishlari subpudratchi MChJga topshirilgan.
Qurilish-montaj ishlari hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilgan. Xususan, bajarilishi zarur bo‘lgan 10 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Biroq ish jarayonidagi ehtiyotsizlik sabab 2024 yilning 11 mart kuni qurilishda ishlab kelayotgan 2001 yilda tug‘ilgan Sh.B.ning boshiga 14-qavatdan qolip-opalubka tushib ketishi natijasida u vafot etgan.
“Shu o‘rinda qurilish obekti ishtirokchilari, shuningdek, buyurtmachi, pudratchi va texnik nazoratchilarning qurilish maydonlaridagi ishchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratib berishga mas’ul ekanliklarini yana bir karra eslatib o‘tamiz. Zero, mehnat muhofazasiga amal qilish bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisalarning oldini olish mumkin”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Comments
0 comment