qarashlar
Sherali Xolmahamadovich Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1984 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika, moliya, davlat boshqaruvi.
Sherali Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Comments
0 comment