qarashlar
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning qamoqda vafot etilgani haqida xabar berilganidan keyin birinchi marta uni tilga oldi.
Shu bilan birga, Tramp Navalniy o‘limi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmadi va Rossiya rahbariyatini tilga olmadi, balki AQSh ichki siyosiy muammolari bilan bog‘ladi.
«Aleksey Navalniyning to‘satdan vafoti meni mamlakatimizda bo‘layotgan voqealarni tobora ko‘proq tushunib yetishga majbur qildi. Bu shunday yo‘l-ki, radikal so‘l siyosatchilar, prokurorlar va sudyalar bizni sekin halokatga olib bormoqda», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda. U amerikaliklarni «mag‘lub bo‘lgan millat» deb atadi.
Aleksey Navalniy vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Donald Trampni xuddi Vladimir Putin kabi bo‘lib o‘tgan voqealarga izoh bermagani uchun tanqid qilishgan edi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 16 fevral kuni Aleksey Navalniyning vafoti munosabati bilan maxsus murojaat bilan chiqdi. Uning aytishicha, Navalniyning o‘limida shaxsan Rossiya prezidenti aybdor. «Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea Putinning shafqatsizligining yana bir dalilidir», dedi Bayden.
Comments
0 comment