qarashlar
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilarini xavfsizlik kamarini taqishni unutmaslikka chaqirdi.
“Odamlar avtoulovga o‘tirganda erinmasdan xavfsizlik kamarini taqib olishganda, ehtimol ularning aksariyati omon qolgan bo‘lardi!” - deb yozadi elchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Unga ko‘ra, bolaligi paytida kamdan-kam amerikaliklar xavfsizlik kamaridan foydalangani. Hozirda amerikaliklarning 90 foizdan ortig‘i xavfsizlik kamarlaridan foydalanadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish natijasida 375 000 dan ziyod odamning hayoti saqlab qolingan. Shunchaki xavfsizlik kamarini taqish baxtsiz hodisada halok bo‘lish yoki jarohat olish ehtimolini 40-50 foizga kamaytiradi.
O‘zbekistonda 2023 yilda 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
2023 yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.
Comments
0 comment