O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi.
qarashlar
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, 18-69 yosh oralig‘idagi O‘zbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, o‘z navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.
Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi. Bunda o‘smirlarning 7,7 foizi – 10 foiz o‘g‘il bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan.
Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bo‘lishadi.
Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi o‘sib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qat’iy ogohlantirmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘smir yoshdagilarga tamaki va uning boshqa shakllari toksik ta’sir qilib, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
Bular sigaret, nos va snyus kabi o‘ta zararli odatlarning zamonaviy tibbiyot tomonidan hozirgacha isbotlangan oqibatlari.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1,3 milliardga yaqin odam muntazam ravishda chekadi yoki boshqa shakllarda tamaki iste’mol qiladi. Erkaklarning taxminan 47 foizi va ayollarning taxminan 12 foizi chekadi. Chekishni erta boshlash va 20 yildan ortiq vaqt davomida muntazam chekish umr ko‘rish davomiyligini 20-25 yilga qisqartirar ekan.
Comments
0 comment