menu
Yadro urushida g‘olib bo‘lmaydi - Xitoy TIV.
Xitoy Putinning yangi yadroviy tahdidlariga munosabat bildirdi. 

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning boshqa mamlakatlarga nisbatan so‘nggi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi. 

«Yadro urushida g‘olib bo‘lmaydi, Xitoy barcha tomonlarni vazminlikni saqlashga chaqiradi», dedi vazirlik matbuot kotibi Mao Ning. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar keskinlik va strategik xavflarni kamaytirish uchun birgalikda harakat qilishi zarur. 

«Biz barcha tomonlarni muvozanat va vazminlikni saqlashga hamda muloqot va maslahatlashuvlar orqali muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik arxitekturasini qurishga chaqiramiz», deb ta’kidladi TIV vakili. 

Rossiya agar mag‘lubiyatga uchrasa, bosib olingan Qrimga hujumlar uyushtirilsa, ayrim turdagi qurollar Ukrainaga topshirilsa va G‘arb qo‘shinlari frontga jo‘natilsa, yadro qurolidan foydalanishga bir necha bor va’da bergan. 

Yevropaning 20 nafar yetakchisi shu hafta Parijda uchrashib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi. Keyinroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga kelajakda qo‘shin yuborish imkoniyatini muhokama qilishganini aytdi. 

Kremlning ta’kidlashicha, bu «Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoliga emas, balki muqarrarligiga» olib keladi. Keyinchalik Putin dunyoga yadro urushi va «fojiali oqibatlar» bilan tahdid qilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!