menu
AQSh va Janubiy Koreya KXDR yadroviy tahdidiga qarshi mashqlarni boshladi.
Janubiy Koreyada 11 kunlik harbiy manyovrlar boshlandi. AQSh bilan qo‘shma «Ozodlik qalqoni» mashg‘ulotlarining asosiy elementi Shimoliy Koreyadan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi turishni mashq qilishdan iborat.

Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida «Ozodlik qalqoni» deb nomlangan yillik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar rejalashtirilganidek, 4 mart, dushanba kuni boshlandi, deya xabar beradi Seuldagi mudofaa vazirligi.

11 kunlik manyovrlar kompyuter simulyatsiyasi bo‘yicha harbiy tayyorgarlik, shuningdek, dala mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Bu yilgi mashg‘ulotlarning asosiy elementi, Janubiy Koreyaga ko‘ra, KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi mashq qilishdan iborat. Qayd etilishicha, manyovrlar kuchaygan keskinlik, «g‘arbiy dengiz chegarasi yaqinida artilleriya otishmalari va Pxenyandan bir qator raketa uchirishlar» fonida boshlandi.

Janubiy Koreya va Yaponiya Pxenyanning yadroviy va raketa dasturlarini o‘ziga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb hisoblaydi, deya eslatadi dpa agentligi. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rejimi AQShni dushman davlat sifatida ko‘radi.

«Ozodlik qalqoni» mashqlari haqida 

Seul va Vashington mudofaa departamentlariga ko‘ra, «Ozodlik qalqoni» mashqlari «mudofaa, jumladan kiber va axborot makonida, shuningdek, «jang maydoni»ga aylanishi mumkin bo‘lgan kosmosda teng darajada ko‘p o‘lchovli dasturdir». 

Mashg‘ulotlarga jalb etilgan harbiy xizmatchilar soni hozircha ma’lum qilinmagan. Ayni paytda, Janubiy Koreyaning Renxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1953 yildagi Koreya sulh bitimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi BMT qo‘mondonligiga a’zo 12 davlat xodimlari manyovrlarda ishtirok etadi. Mashqlar Neytral davlatlar kuzatuv komissiyasi (NNSC) tomonidan nazorat qilinadi. 

Renxap eslatishicha, «Ozodlik qalqoni-2024» mashg‘ulotlari Pxenyan 2023 yil noyabrida chegaradagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan 2018 yildagi Koreyalararo harbiy kelishuvni bekor qilganidan beri birinchisi bo‘lib, o‘sha harakat «Shimolning provokatsion harbiy harakatlar sodir etishi mumkinligidan xavotir uyg‘otadi». 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!