menu
Talabalar uchun qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga jo‘nab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning uyiga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun amaliy choralar ko‘riladi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 16:34 596 2 daqiqa o‘qiladi Talabalar uchun qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga jo‘nab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning uyiga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun amaliy choralar ko‘riladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligida talabalarni qishki ta’til davrida doimiy yashash joyiga jo‘nab ketishi hamda ta’til davrini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning ta’tilni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga jo‘nab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning o‘z uyiga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun Transport vazirligi hamkorligida amaliy choralar ko‘riladi.

Jumladan, 26 dekabrga qadar, ehtiyojga ko‘ra Transport vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahridan hududlarga bir yo‘nalishda jo‘nab ketish istagini bildirgan talabalar soni 40 nafardan oshganda, Transport vazirligi tomonidan avtobus qatnovi tashkil etiladi.

Avvalroq, talabalar uchun 50 foiz chegirmaga ega imtiyozli avia va temiryo‘l chiptalari sotilishi e’lon qilingan edi.

13:44 / 16.12.2024

13:10 / 12.12.2024

16:52 / 07.11.2024

18:33 / 28.10.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!