qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 20:59 457 2 daqiqa o‘qiladi Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladiAQShning Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab Model 3, Model Y va Cybertruck modellarini chaqirib olishini e’lon qildi.
Foto: Reuters
Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQShdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qayd etilishicha, bu turdagi nosozlik Model 3, Model Y va Cybertruck’larda kuzatilgan. Tesla ushbu muammoni dasturiy ta’minotni yangilash yordamida hal etishini ma’lum qildi.
Shinadagi bozimni nazorat qilish tizimi datchigi g‘ildiraklardagi past bosim haqida signal bermay qo‘yishi mumkin, bu esa avariyalar xavfini oshiradi — haydovchi shinadagi bosim yetarli emasligini bilmasligi mumkin.
Tesla bundan oldin ham avtomobillarini chaqirib olishini e’lon qilgandi. Noyabr oyida Amerika kompaniyasi 2,4 mingdan ziyod Cybertruck pikaplarini chaqirib olishi aytilgan edi. Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqishdagi ogohlantirish tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQShda 125 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini chaqirib olishi aytilgan edi. Ushbu mashinalarning gaz tepkisi detali almashtirilishi kerak.
18:14 / 11.12.2024
23:00 / 04.12.2024
17:25 / 03.12.2024
19:34 / 20.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment