Yangiliklar
Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi.
Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.
Rossiyada imo-ishora tilining onlayn lug‘ati bloklandi.
Rossiya Federatsiyasida Spread the sign lug‘atiga kirish 19 fevraldan boshlab cheklangan, deb xabar berdi «Roskomsvoboda». Bloklash sababi noma’lum. Saytning bosh sahifasida Ukrainadagi urushni to‘xtatish chaqiriqlari mavjud.
Belarusda - belaruslar genotsidini inkor etganlik uchun birinchi jinoiy ish.
Minskda istiqomat qiluvchi 54 yoshli fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U, mamlakat IIV xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda belarus partizanlarini Xatindagi «vahshiylik»da ayblab, norozilik materiallarini joylashtirgan.
WSJ: Rossiya maxsus xizmatlari safarbarlik vaqtida xorijdagi tarmoqlarini kengaytirdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida ko‘plab G‘arb davlatlari yuzlab rossiyalik diplomatlarni josuslikda ayblab chiqarib yubordi, biroq Rossiya maxsus xizmatlari xorijliklardan foydalanyapti, deb yozadi WSJ.
Fantastik gol «MYu»ga yordam bermadi, «Barsa»da yana muammolar. Yevropada kun o‘yinlari.
«Siti» derbida g‘alaba qozondi va chempionlik poygasini davom ettirdi. Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
Xaridorlar mobil ilova orqali mahsulotlar haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Bugungi kunda qator mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim. Ular orasida maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar bor.
Moskalkova Il-76 halokati haqida: Ukraina jasadlarni qabul qilishga rozi.
Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Lubinets Kiyev Belgorod yaqinida harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi, dedi Tatyana Moskalkova.
DTEK rahbari: Ukraina g‘alabasi nafaqat frontdagi askarlarga, balki iqtisodiy vaziyatga ham bog‘liq.
Ukrainaning g‘alabasi nafaqat frontdagi askarlarga, balki iqtisodiy vaziyatga ham bog‘liq, dedi Maksim Timchenko FT nashriga. Kiyev bir oy ichida Vashington yordamiga muhtoj, degandi avvalroq prezident Zelenskiy.
MH370 reysi yo‘lovchilarining oilalari qidiruv ishlarini qayta boshlashga chaqirdi.
2014 yilda radarlardan yo‘qolgan va bortida 239 kishi bo‘lgan Malayziya samolyotining izlari topilmadi. Malayziyada yo‘lovchilarning 500 ga yaqin qarindoshlari va ular tarafdorlari xotira kuniga yig‘ildi.
Toshkentdagi turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar 6 ta medal oldi.
Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida O‘zbekiston jamoasi vakillari o‘z natijasini yaxshilab, Fransiya va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan...
Rossiya TIV Xitoyning Ukraina bo‘yicha delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv haqida ma’lum qildi.
Xitoy Rossiyani «Ukraina tinchlik formulasi»ga munosabatida qo‘llab-quvvatladi, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari va sharqiy frontdagi dron ovlovchilar. Urush suratlari.
Ukrainada urushning 738-kuni o‘tdi.
Tan olinmagan Dnestrbo‘yi: u yerda nimalar bo‘lyapti va nega Rossiyadan ko‘mak so‘ralmoqda?.
30 yildan oshibdiki, Moldova sharqida turli davrlarda Rossiya, Ukraina va BMT hal qilishga urinib ko‘rgan, biroq hozircha muzlatilgan mojaro payt poylab yotibdi. Bu muammoga yechim ko‘rinmayapti - o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Dnestrbo‘yi Moldaviy...
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.
Ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tgan. Ular o‘z boshidan o‘tgan qiyinchiliklarni so‘zlab berdi.
Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri etib saylandi.
Yangi chaqiriqdagi parlament quyi palatasining 336 deputatidan 201 nafari unga ovoz bergan. Yangi hukumat rahbarining qasamyodi 4 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Namanganda Damas yonib ketdi.
Namangan shahrida 3 mart kuni soat 12:26 da Damas avtomashinasi yonib ketdi.