qarashlar
Samarqand va Jizzax viloyatlarida kuchli yomg‘ir tufayli elektr energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 6:45da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kV.li 15 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Buning oqibatida Urgut va Pastdarg‘om tumanlarida 13 ming 700 iste’molchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Shuningdek, soat 7:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kV.li 11 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Buning oqibatida Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlarida 2 ming 250 ta iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.
Qayd etilishicha, hozirda noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
11 mart kuni Xorazmda ham kuchli yomg‘ir tufayli 12,5 ming iste’molchi “svet”siz qolgandi.
Comments
0 comment