menu
Uzbekistan Airways Londonga aviaparvozlarni amalga oshiradi.
7 apreldan boshlab O‘zbekiston havo yo‘llari Toshkentdan Londonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Aviaqatnovlar haftasiga 3 ta bo‘lishi, samolyotlar Londonning ikkita aeroporti – Heathrow Airport va London Gatwick Airportʼga qo‘nishi ma’lum qilindi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga haftasiga uchta aviaqatnovni amalga oshirishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha parvozlar 7 apreldan boshlanadi. Samolyot Londonning ikkita aeroporti – Heathrow Airport va London Gatwick Airportʼga qo‘nishi mumkinligi, bu tanlov yo‘lovchilarning xohishi bilan bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra Heathrow Airportʼga aviaqatnovlar seshanba va juma kunlari, Toshkentdan Gatwick Airportʼga parvozlar esa 7 apreldan yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 10:55, Toshkent vaqti bilan;

• Londonga yetib kelish soat 14:35, London vaqti bilan;

• Londondan jo‘nab ketish soat 16:10, London vaqti bilan;

• Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 03:00, Toshkent vaqti bilan.

Kun.uzʼning Uzbekistan Airportsʼdagi manbalariga ko‘ra, yaqin kunlarda 31 ta dunyo mamlakatlarining 49 ta shahariga o‘zining aviaparvozlarini yo‘lga qo‘ygan Polsha aviakompaniyasi LOT Plish Airlines ham O‘zbekistondan boshqa manzillarga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!