qarashlar
“Al-Hilol” o‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi Lionel Messiga rekord darajadagi shartnoma taklif qilgan.
Fox Sports Argentina ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Saudiya Arabistonida argentinalik futbolchi haftasiga 15–20 million yevro maosh olishi mumkin bo‘lgan. 37 yoshli futbolchining yillik daromadi bonuslar bilan birga 1 milliard yevroga yetishi mumkin edi.
Saudiyaning “An-Nassr” klubida o‘ynayotgan Ronaldu yiliga 175 million funt (200 million yevro) maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami” klubida o‘ynamoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda qatnashib, 25 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025-yil oxirigacha amal qiladi.
Futbolchining bazoviy maoshi yiliga 12 million dollarni tashkil etadi, shuningdek, kafolatlangan kompensatsiya esa 20,4 million bo‘ladi.
Qayd etib o‘tish joiz, bu narxlar ichiga Adidas va Apple TV beradigan to‘lovlar kirmaydi — ular ham hisobga olinsa, Messi yiliga 50-60 million dollar oladi.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Comments
0 comment